Nyu-York shtatida koronavirusga chalinganlar soni Italiya va Ispaniyadagiga yaqinlashib qoldi

Jahon 00:35 / 04.04.2020 20494

Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo ma'lum qildi

Ayni vaqtda shtat AQShda koronavirus epidemiyasi markazi bo‘lib qolmoqda. Shtat kasallanganlar soni bo‘yicha bu borada dunyoda 2- va 3-o‘rinda turgan Italiya va Ispaniyaga yaqinlashib qoldi. AQShda umumiy hisobda koronavirusga chalinganlar soni 266 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Nyu-York shtatida kasallanganlar soni bir kun ichida 10482 kishiga ko‘paygan. Shtatda eng og‘ir vaziyat Nyu-York shahrida kuzatilmoqda. Bu yerda kasallanganlar soni bir kun ichida 5350 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 57159 nafarga yetgan.

Ko‘proq yangiliklar: