Ozodbek Nazarbekov koronavirus xavfi sabab «Bizlarni afv et» nomli qo‘shiq kuyladi

Jamiyat 17:32 / 04.04.2020 35802
 
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov koronavirusga atab qo‘shiq kuyladi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov koronavirusga atab qo‘shiq kuyladi 👉 https://kun.uz/66349150

Posted by Kun.uz on Saturday, April 4, 2020

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov koronavirus xavfi paydo bo‘lgan bir davrda xalqni poklikka targ‘ib etuvchi qo‘shiq kuyladi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva.

Nazarbekovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, qo‘shiqni kuylash g‘oyasi karantin e'lon qilinganining ilk kunlaridayoq paydo bo‘lgan. 

«Butun dunyoga balo kelishi bejiz emas: odamzod o‘zligini unutib qo‘ygan. Yer kurrasida insoniylik fazilatlari, qadriyat va sof munosabatlar unutilib, insoniyat nasliga bo‘lgan tajovuzlar kuzatilmoqda. Shularni o‘ylab, virusning tarqalishi insonlarga, bizga, tafakkur etishimiz uchun yana bir imkon ekaniga amin bo‘ldi», - dedi vazir Nazarbekov.

Ozodbek Nazarbekovning fikricha, virusga qarshi kurash choralari ham poklikka ishora qilmoqda. Pandemiyadan qutilishning chorasi ham shu. 

«E'tibor qilsangiz, virus bizdan pok yurishni talab qilyapti. Demak, biz ham jismonan, ham ruhan poklikka intilishimiz kerak», - deya qo‘shimcha qilgan u. 

Vazir ushbu fikrlarni shoir Botir Ergashevga bildirgan. Shoir so‘zlari bilan musiqachi Nodirbek Umarov va Aziz Holmurodovga murojaat qilingan. 

«Nazarimda, insoniyatni iltijo qutqaradigandek, odamzod esa ojiz bo‘lib qoldi. Dunyo ustunlari sanalgan bir qator rivojlangan davlatlar ham virus xavfi oldida ojizligini ko‘rsatdi. Shuning uchun qo‘shiq ohangida ham iltijo bo‘lishi kerak, degan fikrga keldik»,  - deya qo‘shiqning paydo bo‘lishi haqida gapirib berdi u.  

Vazir poklik virusdan qutqaradi, deya, karantin qoidalariga rioya qilmayotganlar esa yaqinlari sog‘lig‘ini ham xavf ostiga qo‘yishini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: