Koronavirus xavflilik darajasi bo‘yicha boshqa viruslar bilan taqqoslandi

Jahon 21:14 / 04.04.2020 24596

Semyonovning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim holatlarini koronavirusga nisbatan ko‘proq keltirib chiqaruvchi viruslar bor. U Yaqin sharq respirator sindromi virusi (MERS) va g‘ayrioddiy zotiljam virusini (SARS) misol qilib ko‘rsatdi.

Olimning ta'kidlashicha, koronavirus epidemiyasi hali o‘tib ketgani yo‘q, shuning uchun yakuniy xulosa chiqarishga hali erta.

Avvalroq tibbiy ekspertlar gripp va koronavirus o‘rtasidagi farq haqida aytishgandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, gripp epidemiyasini «jamoaviy immunitet» to‘xtatadi. Ko‘plab insonlar gripp virusiga chalinganidan so‘ng u boshqalarga yuqmaydi va yo‘qolib ketadi.

Ko‘proq yangiliklar: