Farg‘ona viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 23:19 / 04.04.2020 35011

«Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyevning 2020 yil 4 apreldagi qarori bilan Mirzohid Murodilovich Ubaydullayev Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Mirzohid Ubaydullayev

Mirzohid Ubaydullayev yangi lavozimda Farhod Toshpo‘latov o‘rnida ish boshlaydi.

2019 yil martidan buyon Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Farhod Toshpo‘latov Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida ish boshlashi kutilmoqda.

Bundan avvalroq Mirzohid Ubaydullayev Marg‘ilon shahri hokimi lavozimidan ozod etilgani va uning o‘rniga Quvasoy shahrining sobiq hokimi Adhamjon Ziyovuddinov tayinlangani xabar qilingandi. Quvasoy shahriga esa Farg‘ona viloyati uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan Ravshan Rahimjonov yangi rahbar etib tayinlangan. Bugun shuningdek, Dang‘ara tumanida yangi hokim ish boshladi - Yozyovon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Shuhratjon Tojihakimov tumanning yangi rahbariga aylandi.

Ko‘proq yangiliklar: