«Bozordan xonadongacha» - Buxoroda ko‘chma bozorlar faoliyatini boshladi

Jamiyat 17:59 / 04.04.2020 5204

Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, asosan savdo do‘konlari nisbatan kam va dehqon bozoridan uzoqroq aholi uchun zaruriy o‘ttizga yaqin turdagi oziq-ovqat mahsuloti arzon narxda taklif qilinmoqda.

Mazkur amaliyot Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tashkilotchiligida «Bozordan xonadongacha» shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, aholi ehtiyojlarini o‘rgangan holda Kogon tumani chekka hududlarida arzonlashtirilgan narxlarda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish uchun 16 ta avtotransport vositasi jalb qilingan. Ulgurji bozordan zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilinib, aholi manziliga eltib berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: