ShHT davlatlari koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha umumiy hujjat qabul qiladi

Jahon 01:01 / 03.04.2020 11306

Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi. 

ShHTga a'zo davlatlarning sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislarining videoanjuman rejimida yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokiston (Hindistondan tashqari) vakillari ishtirok etgan.    

Yig‘ilish ShHT davlatlarining koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq holda amalga oshirayotgan xatti-harakatlari muhokamasiga bag‘ishlangan.

Ishtirokchilar ShHT davlatlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ma'lumot berishgan va 8 davlatning koronavirus tarqalishi yo‘llarini yaxshiroq tushunishga erishish va virusning yanada tarqalishi oldini olish bo‘yicha choralarni mukammallashtirishdagi amaliy tajribasi borasida ma'lumot almashishgan.

Yig‘ilishda ShHT davlatlari tomonidan koronavirus tarqalishiga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha umumiy hujjat shakllantirishga qaror qilingan. Bu koronavirusga qarshi kurashda eng samarali amaliyot va ijobiy tajribalarni jamlash maqsadida amalga oshiriladi. 

Yig‘ilish ishtirokchilari koronavirus tarqalishini bartaraf etish bo‘yicha muhokama qilingan choralarni ShHT davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilishi darajasiga olib chiqish zarurligini ma'qullashgan.

Ko‘proq yangiliklar: