Shamollash alomati bo‘lgan sotuvchilarning ishlashi mumkin emas – Otabekov

O‘zbekiston 16:18 / 03.04.2020 6896

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni yetkazib berish xizmatlari xodimlari hamda sotuvchilarning karantin davridagi faoliyati yuzasidan ma'lumot berdi.

«Ovqat va mahsulotlarni yetkazib berish xizmatlari xodimlari, sotuvchilar va boshqalar COVID-19 uchun test topshirishmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda ular tegishli choralarni ko‘rishlari kerak, ya'ni rezina qo‘lqop kiyib, niqob taqib yurishi, shuningdek, kamida 1 metrlik oraliq masofani saqlashlari kerak.

Barcha xodimlar tana haroratini o‘lchaydigan ertalabki filtrga ega. Shamollash alomatlari bo‘lgan xodimlarning ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi», – deya Nurmat Otabekov 3 aprel kuni AOKAda o‘tgan brifingda.

O‘zbekistonning bosh sanitar-vrachi savdo shoxobchalarida karantin tadbirlari qanday tashkil etilishi haqida ham ma'lumot berdi.

«Savdo shoxobchalarida karantin tadbirlarini tashkil etish tartibi, shu jumladan, tana haroratini tekshirish, tibbiy niqoblarni almashtirish daftarchasi, dezinfeksiyalash oralig‘i JSST tavsiyalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Davlat inspeksiyasi tomonidan hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmalariga savdo tizimida karantin va cheklov choralarining bajarilishini nazorat qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan», – Nurmat Otabekov.

Ko‘proq yangiliklar: