O‘zbekistonda tashxis qo‘yish uchun 200 mingdan ortiq test tizimlari zaxirasi mavjud

O‘zbekiston 12:11 / 03.04.2020 10215

«Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni kunda Covid-19 virusining mavjudligini tekshiruvchi testlarning 200 ming donadan ziyodroq zaxirasi mavjud», dedi Nurmat Otabekov 3 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy test ishlab chiqarish tizimi oy oxiriga qadar 50 ming dona test ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.

«Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi axborotiga ko‘ra, aprel oyi yakuniga qadar mahalliy sharoitda 50 ming dona test ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan. Ular Snaitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan klinik tekshiruvlarni o‘tkazishi, Farmatsevtika qo‘mitasiga hujjat topshirishi lozim», deya ta'kidladi Bosh sanitariya inspektori.

Bundan avvalroq Nurmat Otabekov O‘zbekistonda aholini yoppasiga test qilish rejalashtirilmaganini aytib, bu iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamasligini ta'kidlab o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: