Moskvada katta guruh bo‘lib to‘planuvchilar jarimaga tortiladi

Jahon 11:04 / 03.04.2020 5411

“Farmoyish bor, unda jarimalar aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Ayni vaqtda bu karantin qoidalariga rioya qilmaydigan, katta guruh bo‘lib to‘planuvchilarga va shahar ma'muriyati ogohlantirishlariga quloq solmaydiganlarga joriy qilinadi”, deb aytgan Bulay.

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin karantin rejimini buzganlik uchun to‘lanadigan jarimalar haqidagi qonunni tasdiqlagandi. Unga ko‘ra, uydan asosli sababsiz ko‘chaga chiqadiganlar 5 ming rublgacha, virus tarqalishiga qarshi choralarni buzadigan tashkilotlar esa 500 ming rublgacha jarimaga tortiladi.  

30  mart kuni Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakova o‘zini majburiy izolyatsiya qilish rejimi joriy qilinishi “o‘z turmush tarzini o‘zgartirishni istamagan odamlarning vaziyatni yetarlicha anglamaganlari natijasi” bo‘lganini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: