Milliarder Tinkov «Tinkoff Bank» direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketadi

Jahon 08:18 / 03.04.2020 3204

Tinkovning ma'lum qilishicha, u biznesdagi ulushini nazorati ostidagi kompaniyalardan oilaviy trastga o‘tkazgan. “Bu aksiyalarni har qanday vaziyatda, hatto mening o‘limim holatida oilada saqlab qolish imkonini beradi”, deb tushuntirgan milliarder. 

Tinkovning iste'fosi unga “bor e'tiborini sog‘lig‘iga qaratish” imkonini beradi. Uning ta'kidlashicha, sog‘liq hozir u uchun “ustuvor masala” hisoblanadi.

Mart boshida milliarder unda leykemiyaning (oqqon) o‘tkir shakli aniqlanganini ma'lum qilgandi. “Men bir nechta kimyoterapiya kurslaridan o‘tdim. Hayotimda o‘zim va ishim uchun kurashishga to‘g‘ri kelgan, biroq hozir men eng asosiysi - hayotim uchun kurashaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Tinkov. 

“Tinkoff Bank” tijorat banki bo‘lib, uning faoliyati to‘liq masofadan xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. 

Tinkov “Tinkoff Bank”ga egalik qiluvchi TCSGroup kompaniyasi kapitalida 40,4 foiz ulushga ega bo‘lgan. Uning ovoz berishdagi ulushi 88,6 foizni tashkil qilgan. 

Tinkov Forbes talqiniga ko‘ra, rossiyalik milliarderlar orasida 2,2 mlrd dollarlik boylik bilan 47-o‘rinni egallab kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: