Lukashenko koronavirusga qarshi kurashda o‘z tavsiyalarini berdi

Jahon 10:18 / 03.04.2020 16463

Lukashenko bunday tavsiyalarni “Mir” telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Kecha bir aqlli rossiyalik virusga qarshi jismonan kurashish kerakligini gapirdi. Men qanday qilib jismonan, deb o‘yladim. O‘zini xavfdan saqlash lozim. Sport bilan shug‘ullanish va ochiq havoda ko‘proq bo‘lish zarur. O‘pkalarga yordam berish kerak”, deb aytgan Lukashenko.

“O‘sha odam biz parhezda o‘tirgandik, aksincha, yog‘li taom yeyish kerak, deb aytdi. Men ham o‘zimni bu borada cheklardim. Hozir esa smetana yog‘ini yeyish kerak ekan, aniqlanishicha, yog‘ o‘pkaga viruslar bilan kurashishda yordam beradi. Agar mutaxassis, olim gapirayotgan bo‘lsa, ahmoq emasdir. Men o‘z tajribamdan kelib chiqib, bu olimning gaplarini qo‘llab-quvvatlayman”, deb qo‘shimcha qilgan Belarus prezidenti. 

Lukashenko aynan qaysi rossiyalik olimning intervyusini tinglaganiga aniqlik kiritmagan. So‘z o‘rnida shuni aytish kerak, Lukashenko esga olayotgan olim Rossiya tibbiyot-texnika fanlari akademiyasi akademigi Pavel Yevdokimenko bo‘lib, u koronavirusga qarshi kurashda hayvon yog‘larini, jumladan sariyog‘ni faol iste'mol qilishni taklif qilgan.

Lukashenko, shuningdek, o‘z uyida qolish bo‘yicha choralarni tanqid qilgan. Uning ta'kidlashicha, “hattoki urush zamonlarida ham bunday bo‘lmagan”. Uning fikricha, o‘zini izolyatsiyalashsiz odamlar virusni oyoqda o‘tkazgan bo‘lardilar, buning o‘rniga esa o‘z oila a'zolarini zararlamoqdalar. 

Uning ta'kidlashicha, Belarus poytaxti Minskda o‘zini izolyatsiyalash bo‘yicha choralar joriy qilish muammo emas, biroq buning oqibatlari salbiy bo‘lishi mumkin. 

Avvalroq Belarus prezidenti koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni “psixoz” deb atagandi. Uning ta'kidlashicha, mamlakat uchun mavsumiy infeksiyalar kattaroq muammo hisoblanadi.

17 mart kuni Lukashenko koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga izoh berish vaqtida qo‘llarni tez-tez yuvishni, vaqtida nonushta, tushlik va kechki ovqat qabul qilishni, hammomga borishni taklif qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: