«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ 10 kunda deyarli 1 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi

Jamiyat 19:00 / 03.04.2020 3685

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ 2020 yilning 24 martidan boshlab o‘tgan 10 kun ichida 195 ta sug‘urta da'volari bo‘yicha 968,2 mln so‘m sug‘urta qoplamalarini fuqarolarimizga va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga to‘lab berdi. 

Jumladan, 2020 yilning 24-28 mart kunlari 94 ta sug‘urta da'volari bo‘yicha 515,6 mln so‘m sug‘urta to‘lovlari amalga oshirildi. 2020 yilning 30 mart - 2 aprel kunlari oralig‘ida esa, barcha hududlardan kelib tushgan 101 ta sug‘urta da'volari bo‘yicha 452,6 mln so‘m sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirdi.

2020 yilning o‘tgan birinchi choragi mobaynida kompaniya tomonidan 10,8 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda e'lon qilingan koronavirus pandemiyasi davrida ham «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ mijozlari oldida sug‘urta majburiyatlarini samarali va muddatida bajarib kelmoqda hamda aholini ijtimoiy himoyalashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: