Bolgariyada 20 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Jahon 19:58 / 03.04.2020 10444

Bu haqda “Stariyat most” nashri xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi 2 kishining o‘limiga, 6 kishining jabrlanishiga olib kelgan.

Ta'kidlanishicha, 50 ga yaqin yuk mashinasi Turkiya chegarasidagi Kapitan-Andreyevo nazorat-o‘tkazish punktidan politsiya hamrohligida kolonna bo‘lib mamlakat g‘arbi tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan. Taxminlardan biriga ko‘ra, avtohalokat quyuq tuman sababli yuz bergan. Biroq guvohlarning ta'kidlashicha, karvondagi haydovchilardan biri boshqa mashina bilan oraliq masofani ushlab turolmay, to‘satdan tormozni bosgan va yirik to‘qnashuvni keltirib chiqargan.

Voqea joyida politsiya va qutqaruvchilar ish olib borgan. Yo‘l-transport hodisasining aniq sababi o‘rnatilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlardan biri Bolgariya, ikkinchisi Turkiya fuqarosi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: