Amazon koronavirus pandemiyasi sharoitida 80 ming nafar yangi ishchi yolladi  

Jahon 23:32 / 03.04.2020 5951

Kompaniya umumiy hisobda 100 ming kishini ishga olishni rejalashtirgan.

Kompaniyaning global operatsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Deyv Klarkning ta'kidlashicha, hozirda kompaniyada har kuni 100 ming xodimning tana harorati o‘lchanmoqda. Keyingi haftadan Amazon’ning AQSh va Yevropadagi hamda Whole Foods Market supermarketlaridagi xodimlarining harorati o‘lchana boshlanadi. Kompaniya, shuningdek, keyingi haftagacha barcha obektlarini niqoblar bilan ta'minlamoqchi.

Kompaniya omborlaridagi ishchilar va soatbay ishlovchi boshqa xodimlar kompaniya rahbariyatini ularni himoyalash bo‘yicha choralarni kuchaytirishga chaqirgan. Joriy haftada kompaniyaning AQShdagi 15 ta omborida koronavirusga chalingan yoki kasallik alomatlari sababli karantinga o‘tirgan xodimlar aniqlangan.

AQShda Amazon’ning xodimlari soni 500 ming kishidan oshadi. Shunga ko‘ra, kompaniya AQShda ish beruvchi ikkinchi raqamli yirik xususiy kompaniya hisoblanadi.

AQShda xodimlari soni bo‘yicha (1,5 mln xodim) yetakchilik qiluvchi Walmart Inc. kompaniyasi ham avvalroq xodimlariga niqoblar taqdim qilish va har ishchi smena boshlanishi oldidan ularning tana haroratini o‘lchashni rejalashtirayotganini e'lon qilgan. 19 martdan boshlab kompaniya 65 ming nafar yangi xodim yollagan va yana 150 ming nafar yollashini ma'lum qilgan.  

Ko‘proq yangiliklar: