Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani boshqa mamlakatlarda ham sinab ko‘rmoqchi

Jahon 15:49 / 02.04.2020 21569

Xitoy olimlari yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinaning samarasi to‘g‘risida yanada aniqroq natijaga ega bo‘lish uchun uni xorijda sinab ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Xitoyda yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari 16 martda boshlangan. Sinovlarda 108 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda. Ular 36 kishidan 3ta guruhga bo‘lingan.

Birinchi guruhdagilar oz miqdorda, ikkinchi guruh o‘rtacha va uchinchi guruh yuqori miqdordagi vaksina bilan emlanadi. Klinik tadqiqotlar yil  oxiriga qadar davom etadi. Tadqiqotlarning birinchi bosqichi boshlangan.

Respirator kasalliklar bo‘yicha davlat laboratoriyasi virusologi Chen Linning so‘zlariga ko‘ra, sinovlarning ikkinchi va uchinchi bosqichlari uchun minglab kishilar kerak bo‘ladi va sinovlarning virusdan ko‘p zararlangan mamlakatlarda o‘tkazilishi tezroq va aniqroq natijalarga ega bo‘lishga yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: