Tailandda 3 apreldan umummilliy komendantlik soati joriy etiladi

Jahon 17:01 / 02.04.2020 5291

Tailand hukumati qirollik hududida koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida 3 apreldan umummilliy komendantlik soati joriy etmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, komendantlik soati 22.00dan 04.00gacha amal qiladi. Bu vaqt davomida faqatgina tibbiy ashyolar tashish, tibbiy xodimlar va bemorlarning harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

"Bosh vazir Prayut Chan-Ocha bugun milliy televideniye orqali bayonot beradi", - deya hukumat vakili so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters.

Qirollik sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, Tailandda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 1 875ta holat qayd etilgan, 15 kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: