Polshada mahbuslar tibbiy niqoblar tikishni boshladi

Jahon 19:12 / 02.04.2020 4796

Polshada mahbuslar tibbiy niqoblar tikish va dezinfeksiyalovchi suyuqliklar ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda mamlakat adliya vazirining o‘rinbosari Mixal Vuychik ma'lum qildi.

"24ta jazoni ijro etish muassasasida niqoblar tikish boshlandi", - dedi Vuychik. 

Uning ma'lumot berishicha, mahbuslar oyiga 800 ming donaga yaqin niqob tikadi. Bundan tashqari, jazoni ijro etish tizimidagi korxonalardan birida hospitallar uchun maxsus kombinezonlar ishlab chiqarilmoqda, dedi u.

Mahbuslar shuningdek, maxsus dezinfeksiyalovchi suyuqliklar ishlab chiqarishga ham kirishadi.

"Yana bir jazoni ijro etish muassasasida maxsus dezinfeksiya vositalari ishlab chiqarish liniyasini tashkil etamiz. Oyiga 80 ming litrga yaqin suyuqlik tayyorlanadi", - dedi vazir o‘rinbosari.

Hozirda Polshada epidemiya rejimi joriy etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 2554 kishida koronavirus aniqlangan, ulardan 43 nafari vafot etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: