O‘zbekistonda dizel yoqilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonladi

O‘zbekiston 18:26 / 02.04.2020 9980

Bundan oldin, 1 martdan boshlab dizel narxi 200 so‘mga pasaygan edi.

«O‘zbekneftgaz» o‘z xabarida dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar sotayotgan dizel yoqilg‘isi narxidan 11,5% arzonligini ta'kidlagan.

Qo‘shimcha qilinishicha, narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borish davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 1 apreldan benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazga aksiz soliq stavkalari oshirilmaydigan bo‘ldi.

O‘tgan hafta «O‘zbekneftgaz» AI-92 markali benzin narxini 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: