Moskvadagi g‘alaba paradi kuzga ko‘chirilishi mumkin - RBK

Jahon 21:15 / 02.04.2020 7233

Rossiya hukumati harbiy paradni o‘tkazishning bir nechta variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi va prezident ma'muriyatiga yaqin manbalarga tayanib RBK nashri xabar berdi.   

Parad o‘tkazilishining asosiy variantlari ikkita bo‘lib, birinchisiga ko‘ra, parad to‘liq formatda kuzda yoki 9 may kuni tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

Birinchi variantda parad Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75 yilligiga bag‘ishlanadi. Shuningdek, paradning noyabr boshiga ko‘chirilishi varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. 

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov g‘alaba paradi o‘tkazilishi bo‘yicha hech qanday o‘zgarishlar qabul qilinmagani, biroq vaziyat kuzatilayotganini aytgan.

Koronavirus pandemiyasiga qaramay, Moskva viloyatida paradga tayyorgarlik ketmoqda. 

Paradga ko‘plab davlatlar yetakchilari taklif qilingan. Peskovning ma'lum qilishicha, ularning paradga kelishiga tayyorgarlik davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: