Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta'minlash uchun navbatdagi jangovar smenani yubordi

O‘zbekiston 21:28 / 02.04.2020 19415

Bugun, 2 arpel kuni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni ko‘rsatmasiga muvofiq, Samarqand viloyatida joylashgan karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta'minlash uchun navbatdagi jangovar smena yuborildi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov xabar berdi.

Tadbirda okrug qo‘mondonligi, Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizoni ofitserlari, harbiy qism komandirlari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. 

Dastlab karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda va ko‘chalar, aholi uylarini dizenfeksiya qilishda, shuningdek, urush qatnashchilari, yolg‘iz keksalar xolidan xabar olishda faollik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilarga pul, esdalik sovg‘alari hamda navbatdagi unvonlar topshirildi.

Shundan so‘ng, Samarqand viloyatida karantinga olingan shifoxona va binolarda fuqarolarni xavfsizligini ta'minlashga jalb qilingan bo‘linmalarga jangovar topshiriq berildi.

– Karantin maskanida xizmatni o‘tash jangovar vazifani bajarish bilan tenglashtiriladi. Samarqand (5 ta), Jizzax(1 ta) hamda Navoiy (4 ta) viloyatidagi jami 10 ta obektda 200 nafarga yaqin harbiylar tomonidan patrullik qo‘riqlovi olib borilyapti. Bundan tashqari, ichki blok-postlarda ham xizmat to‘g‘ri tashkil etilgan , – deydi okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov. 

Karantin hududida qo‘riqlovni amalga oshirgan bo‘linmalar esa Samarqand harbiy gospitaliga 14 kunlik karantinga joylashtiriladi. Ular malakali shifokorlar nazoratida bo‘lishadi.

Ko‘proq yangiliklar: