JSST rahbari: Yaqin kunlarda koronavirusga chalinganlar soni bir milliondan oshadi

Jahon 00:57 / 02.04.2020 11808

“Men infeksiyaning dunyo bo‘ylab tez tarqalishidan tashvishdaman. Oxirgi 5 hafta ichida biz deyarli har bir davlat va hududda qayd qilingan yangi kasallanish holatlari deyarli eksponensial ravishda o‘sayotganini ko‘rmoqdamiz. Oxirgi haftada o‘limlar soni 2 martadan ko‘proqqa oshdi. Yaqin kunlarda koronavirusga chalinganlar soni bir millionga, undan vafot etganlar soni 50 mingga yetadi”, deb aytgan Gebreyyesus matbuot anjumanida. 

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 750 mingdan, vafot etganlar soni 36 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Jons Hopkins universiteti real vaqtda e'lon qiladigan ma'lumotlarga ko‘ra esa dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 924 mingdan oshgan, u keltirib chiqargan asoratlardan 46 mingdan ko‘proq odam vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: