JSST koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha Yevropadagi vaziyatga baho berdi

Jahon 19:00 / 02.04.2020 12674

Yevropa hududida COVID-19 sababli 95 foiz o‘lim holatlari yoshi 60dan yuqori bo‘lganlarga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST)  Yevropadagi bo‘linmasi direktori Xans Klyuge ma'lum qildi.

"O‘limlarning 95 foizdan ortig‘i yoshi 60dan oshganlar bilan sodir bo‘lgan. Bu o‘limlarning 50 foizdan ortig‘i 80 yosh va undan yuqori yoshdagilar bilan yuz bergan. Shuningdek, 10ta o‘limdan 8tasi bir yoki ikkita surunkali xastaligi bor insonlar bilan sodir bo‘lgan. Bu ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertoniya va qandli diabet xastaliklariga taalluqli", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, keksa yoshdagilarning barchasi xatar guruhiga kiradi.

JSSTning ma'lumot berishicha, ayni paytda Yevropa hududida koronavirus oqibatida 30 098 kishi vafot etgan. O‘limlarning 90 foizi Italiya, Ispaniya va Fransiyaga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: