Italiyada koronavirus qurbonlari ko‘pligining sababi tushuntirildi

Jahon 09:47 / 02.04.2020 41883

Ular bu holat anomal iliq qish sababli odamlar noyabr-yanvar oylariga to‘g‘ri keluvchi gripp epidemiyasini odatdagidan yengil o‘tkazganlari bilan tushuntirilishi haqidagi xulosaga kelishgan.

Shifokorlar Italiyaning yirik shaharlaridagi monitoring ma'lumotlariga tayanib, grippdan o‘rtacha o‘lim darajasi mavjudligi va u yiliga taxminan 8 ming o‘limga olib kelishi haqidagi xulosaga kelishgan. 2016-2017 yillar qishida bu ko‘rsatkich odatdagidan yuqori, joriy yilda esa aksincha past bo‘lgan. Mutaxassislarning hisoblashlaricha, mamlakatning shimoliy tumanlarida noyabr-yanvar oylarida gippdan o‘lim darajasi o‘rtachadan 6 foiz, markaziy va janubiy hududlarda 3 foiz kamroq bo‘lgan. 

Natijada gripp  epidemiyasi xavfi guruhida bo‘lgan keksa yoshlilar ferval-mart oylarida koronavirus paydo bo‘lganda koronavirus xavfi guruhiga ko‘chganlar. Ularning o‘limi ham umumiy o‘lim statistikasiga ulush qo‘shgan.  

Epidemiologlar assotsiatsiyasida ta'kidlanishicha, Italiyada koronavirus epidemiyasi oqibatida vafot etgan keksalar soni oxirgi ikki yil gripp qurbonlari sonidan oshib ketgan, biroq bu ko‘rsatkich 3 yil avvalgi grippdan o‘lim darajasidan past.

Italiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan o‘lim holatlari 60 yoshdan kattalarda 5 foizdan 25 foizgachani tashkil qiladi, bunda yoshga qarab o‘lim darajasi ortib boradi. Qolgan yosh guruhlarida o‘lim holatlari minimal darajada qolmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 110 mingdan oshib ketgan, vafot etganlar 13 mingdan ko‘proq. 16 mingga yaqin odam kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Eng og‘ir vaziyat Lombardiya viloyatida kuzatilib, bu yerda koronavirusdan 7 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: