Dunyoda neft saqlashga joylar deyarli qolmagani ma'lum qilindi  

Jahon 22:13 / 02.04.2020 14800

Jahon bozorida neftga taklif talabdan ancha ko‘proqni tashkil qilmoqda, shu sababli neftni saqlash uchun joylar tugab bormoqda.  

“Neftga talab taklifga nisbatan shunchalik tez pasaymoqdaki, yaqinda neft kompaniyalari uchun asosiy muammo ular bozorda foyda ko‘ra olishlari emas, balki o‘z neftlarini joylashtirish uchun joy topa olishlari-yo‘qligi bo‘ladi”, deb aytgan JBC Energy kompaniyasi tahlilchisi.

Kompaniyada bu masalada hisob-kitoblar o‘tkazilib, natijalar aprel oyi oxirigacha 6 mln barrel neftni saqlashga joy bo‘lmasligini ko‘rsatgan. So‘ngra ushbu raqam yana bir mlnga oshishi mumkin. 

Neftga talab pastligiga qaramay, neft eksport qiluvchi davlatlar uni qazib olish hajmini oshirishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: