AQShda slanets nefti qazib oluvchi birinchi yirik kompaniya kasodga uchradi 

Jahon 00:22 / 02.04.2020 9867

Kompaniyaning umumiy qarzi esa 2,2 mlrd dollarga yetgan. Natijada kompaniya egalari kompaniya ustidan nazoratni to‘liq yo‘qotish hisobiga qarzni hisobdan chiqarishni so‘rashga qaror qilishgan. 

Bloomberg axborot agentligining ta'kidlashicha, Whiting Petroleum’da muammolar koronavirus pandemiyasigacha boshlangan. 5 yil avval u Shimoliy Dakota shtatida neft maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lgan, biroq keyinroq uning moliyaviy holati sekin-asta yomonlashib borgan. 

Neft narxlarining qulashi bilan kechayotgan pandemiya kompaniyaning qarz yuklamasini tezlashtirib yuborib, uni kasodga uchrashga olib kelgan. Kompaniyada neft narxi 50 dollar atrofida saqlanib qolsa, faoliyatlarini davom ettira olishlariga umid qilingan, biroq neft narxining 20 dollarga tushib ketishi buni imkonsizga aylantiradi.

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, Whiting’ning kasodga uchrashi yagona holat bo‘lmaydi. Mizuho Securities USA tahlilchilarining baholashicha, slanets nefti oluvchi 6 ming kompaniyadan 70 foizi pandemiya hamda Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi neft narxi uchun “urush” sababli o‘z faoliyatini tugatishi mumkin. 

1 aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShda neft narxining pastligidan uning narxi 40 dollar atrofida saqlansagina, slanets nefti qazib olish rentabel bo‘lishi sababli xavotirlana boshlashganini aytgan. “AQSh iqtisodiyoti uchun bu og‘ir sinovdir”, deb ta'kidlab o‘tgan Putin.

Ko‘proq yangiliklar: