80 ga yaqin davlat Xalqaro valuta jamg‘armasidan moliyaviy yordam so‘radi

Jahon 14:50 / 02.04.2020 8297

Bu haqda jamg‘arma rahbari Kristalina Georgiyeva matbuot anjumanida ma'lum qildi. Georgiyevaning ta'kidlashicha, Qirg‘izistonning bu boradagi iltimosi ma'qullab bo‘lindi. Yaqin kunlarda yordam haqida yangi arizalar kelib tushishi kutilmoqda. 

XVJ rahbarining aytishicha, bungacha jamg‘arma bir vaqtning o‘zida shuncha ko‘p murojaatni ko‘rib chiqmagan. Georgiyeva aynan qaysi davlatlar yordam so‘raganiga aniqlik kiritmagan.

The New York Times nashrining XVJ vakillariga tayanib xabar berishicha, asosan rivojlanayotgan davlatlar yordam so‘ragan. Ular favqulodda moliyalashtirish sifatida nol yoki past stavka bo‘yicha umumiy hisobda 20 mlrd dollarga yaqin mablag‘ so‘rashgan. XVJda murojaatlar iloji boricha tezroq ko‘rib chiqilishi ta'kidlab o‘tilgan. 

Avvalroq XVJ Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 121 mln dollar ajratgani ma'lum qilingandi. Jamg‘armada ta'kidlanishicha, bu pandemiya boshlangandan beri XVJning ma'qullangan birinchi favqulodda kreditidir.

Ko‘proq yangiliklar: