Vazir virusologiya shifoxonasidagi shifokor va hamshirani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat 23:23 / 01.04.2020 12861

Virusologiya ilmiy tekshirish instituti bugun butun O‘zbekiston diqqat markazida bo‘lib turibdi, desak mubolag‘a emas. Bu maskanga olib kelinayotgan har bir bemor bizni o‘yga cho‘mdirsa, sog‘ayib chiqayotgan har bir yurtdoshimiz xursandchiligiga ham hammamiz sherik bo‘lib turibmiz.

Bugun, 1 aprel kuni bu shifoxonada nafaqat 4 nafar bemor sog‘ayib chiqdi, balki shu maskanda bo‘lim boshlig‘i, shifokor Malika Nizomxo‘jayeva va bo‘lim katta hamshirasi Dildora Imomxo‘jayevalarning tug‘ilgan kunlari ham nishonlandi.

Ularni barcha ehtiyot choralarini ko‘rgan holda tashrif buyurgan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning shaxsan o‘zi tabrikladi.

«Sog‘ayib ketganlarni kuzatish chog‘ida vazirimiz bizning ham tug‘ilgan kunlarimizni hisobga olganlari kutilmagan hol bo‘ldi. Sovg‘alarini topshirdilar, ko‘nglimizni ko‘tardilar. Bemorlar tuzalib ketgan bir paytda bo‘lgan e'tibor tufayli kasbimdan juda g‘ururlandim. Ilohim hamma bemorlarimiz ham sog‘ayib, uylariga qaytishsin», – deydi shifokor Malika Nizomxo‘jayeva.

Ko‘proq yangiliklar: