O‘zbekistonda karantin muddati qachon tugashi noma'lum

O‘zbekiston 15:37 / 01.04.2020 88908

«Karantin kasallikning yashirin davri uchun belgilangan muddat hisoblanadi. Shuning uchun karantin davrini tugatish  masalasi eng oxirgi aniqlangan bemor ham shifoxonaga yotqizilib, alohidalangandan 14 kun o‘tgandan so‘ng boshqa hech kimda kasallik aniqlanmaganiga to‘liq ishonch hosil qilingandan so‘ng ko‘rib chiqiladi.

Karantin davrini tugatish Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi», deya ma'lumot berdi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlangan ilk bemor aniqlanishi ortidan 16 martdan cheklov choralari joriy etila boshlandi. Avvaliga barcha ta'lim muassasalari yopildi, keyinroq O‘zbekiston xalqaro transport aloqalarini to‘xtatdi, mart oyining so‘nggi o‘n kunligi davomida ko‘p kishi to‘planadigan turli tadbirlar bekor qilindi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopildi, oy oxiriga kelib mamlakatda tibbiy niqobda yurish majburiy qilib qo‘yildi, viloyatlararo transport harakati cheklandi, shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi, fuqarolarga zaruratsiz uydan chiqmaslik tavsiya etilmoqda.

Respublika maxsus komissiya tomonidan joriy etilgan qat'iy choralar 20 aprelga qadar amalda bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: