Karantin paytida dafn marosimi uchun ham viloyatdan viloyatga chiqishga ruxsat etilmaydi - IIV

O‘zbekiston 14:54 / 01.04.2020 11215

«Karantin cheklovlari xalqaro tajriba va talablarga asosan o‘rnatilgan. Afsuski, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, o‘rnatilgan cheklov barchaga istisnosiz taalluqli bo‘lib, boshqa viloyatda bo‘lgan yaqin qarindoshlaringizning dafn marosimida qatnasholmaysiz», deydi u.

Shuningdek, og‘ir kasal bo‘lgan bemorga tibbiyot muassasasidan javob berilgan holatda uni bir viloyatdan ikkinyaisiga olib o‘tish tartibi ham tushuntirildi.

«Agar siz og‘ir kasal bo‘lgan fuqaroni, masalan Toshkent shahridan o‘zining doimiy yashaydigan boshqa viloyatiga olib bormoqchi bo‘lsangiz, uning xaqiqatan o‘sha viloyatda ro‘yxatda turganini isbotlovchi pasporti va sog‘liqni saqlash xodimlarini tegishli xulosasi asosida postlardan olib o‘tishingiz va uyiga eltib qo‘yishingiz mumkin. Bunda, kasalni uyiga olib borgan fuqaro, karantin cheklovlari tugamaguncha ortga qaytolmaydi», deya vazirlik rasmiysining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: