Xitoydan 200 mingta test-sistemasi sotib olindi

O‘zbekiston 13:05 / 31.03.2020 35156

28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Xitoydan 27,8 mlrd so‘mga virusni aniqlaydigan 200 mingta test-sistemasi hamda 50 mingta bir martalik bosh kiyimli himoya kombinezoni sotib olindi. Kun.uz muxbiri xabar berishicha, harbiy samolyotda olib kelingan tibbiy yukning umumiy og‘irligi qariyb 20 tonnani tashkil etadi. 

Shuningdek, ushbu maxsus reysda Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan berilgan 2,5 mlrd so‘mlik turli tibbiy buyumlar shaklidagi insonparvarlik yordami ham keltirilgan.

Bundan tashqari, 31 mart kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 16 mlrd so‘mlik, 3 aprelda esa qo‘shimcha 45 mlrd so‘mlik tibbiy texnika va himoya vositalari koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olinadi va harbiy samolyotda olib keltiriladi.

Jumladan, xorijiy tajribani keng o‘rgangan holda sog‘liqni saqlash xodimlari uchun alohida 2 darajali ya'ni, «qizil zona»ga mo‘ljallangan maxsus kombinezonlarni xarid qilishga ham e'tibor qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: