Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yana yovvoyi hayvonlar bozori ochildi – mamlakat achchiq tajribadan xulosa chiqaradimi?
Xitoyda karantin cheklovlari olib tashlandi va yana yovvoyi hayvonlar bozorlari ochildi. Mamlakatda koronavirus ustidan «g‘alaba qozonilgani» e'lon qilinganidan so‘ng, hukumat odamlarni kundalik hayotga qaytishga chaqirdi. Natijada, ko‘rshapalaklar, chayonlar, quyonlar, o‘rdaklar, itlar, mushuklar, boshqa yovvoyi hayvonlar va hasharotlar bilan savdo qiluvchilar yana o‘z faoliyatini boshlab yuborishdi.

Foto: AP
Daily Mail jurnalisti xabariga ko‘ra, karantin olib tashlanganidan so‘ng, minglab odamlar Xitoyning janubiy-g‘arbidagi Guilin bozoriga oshiqishgan. U yerda Xitoyning an'anaviy qishki taomlari tarkibiga kiruvchi itlar va mushuklarning go‘shti taklif qilinmoqda.
«Bu yerda hamma infeksiyaga barham berildi va xavotirli narsa yo‘q, deb hisoblamoqda. Koronavirus – mahalliy aholi uchun o‘zgalarning muammosi», - deb xitoylik muxbirning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.
Donguandagi yovvoyi hayvonlar bozoriga borgan jurnalist ham hammasi avvalgidek yana o‘z joyiga qaytganini ta'kidladi.
«Yagona farq shundaki, bozor qo‘riqchilari suratga olayotganlarni to‘xtatishga urinmoqda», - dedi u.
Koronavirus tarqalishining ilk holatlari Uhan shahridagi yovvoyi hayvonlar bozorida aniqlangan edi. Biroq, rasmiy Pekin bir necha hafta davomida buni yashirdi. Hatto, bu haqda xabar bergan Li Venlyanni yolg‘on ma'lumot tarqatganlikda aybladi. 33 yoshli shifokor keyinchalik koronavirus tufayli vafot etdi.
Endi infeksiya tarqalishi suratlari pasayganidan so‘ng, Xitoy hukumati epidemiyani boshqa mamlakatdan kirib kelgani haqidagi g‘oyani ilgari surmoqda. Xususan, Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan xabarda virus ilk marotaba o‘tgan yilning noyabr oyida Italiyada paydo bo‘lgani haqida yozilgan.
Bundan tashqari, Xitoy mulozimlari hech qanday asosga ega bo‘lmagan holda, virusning AQSh harbiylari tomonidan tarqatilgani haqidagi fitna nazariyasini ham dastaklamoqda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

12:30 / 17.07.2025
China Eastern O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni boshladi

23:14 / 16.07.2025
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?

21:47 / 16.07.2025
Tesla yangilangan Model Y elektromobilini taqdim qildi

07:48 / 16.07.2025