Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish hamda epidemiyaga qarshi kurashish doirasida “Barchasini hamjihatlikda yengamiz” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda, viloyatning 3-sektor hududi, Yangiyul shahar, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida yashovchi 150 dan ortiq ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand oilalar hamda boquvchisini yo‘qotgan qariyalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va sanitariya-gigiyenik vositalari yetkazib berildi.
Ushbu xayrli tadbirda viloyat IIBB boshlig‘i boshchiligida sohaviy xizmat rahbarlari va xodimlari ishtirok etib, sinovli damlarga ularga ko‘makchi bo‘lishlariga xayrixoh ekanliklarini bildirishdi.
Hozirda viloyatning barcha shahar-tumanlarida mas'ullar tomonidan shu kabi xayrli tadbirlar davom ettirilmoqda.
Shu o‘rinda fuqarolarimizdan, koronavirus (COVID-19) pandemiyasining oldini olish va sanitariya-epidemiologiya qoidalari, talablari va belgilangan qat'iy tartibga amal qilishlarini so‘raymiz. Barchasini hamjihatlikda yengamiz!
IIBB Axborot xizmati