Toshkent shahrida DXMlarda maxsus ruxsatnoma uchun 27 mingdan ortiq murojaat qabul qilindi – Adliya vaziri

O‘zbekiston 11:34 / 31.03.2020 5490

Bugun, 31 mart kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan onlayn brifingda Adliya vaziri Ruslan Davletov transportdan foydalanish uchun maxsus ruxsatnoma olish tartibi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

«2020 yil 30 martdan 20 aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma(stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilandi.

Shunga ko‘ra, Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 27 ming dan ortiq murojaat qabul qilindi.

Toshkent shahri DXMlarida 4500 dan ortiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa 3200 ga yaqin fuqarolar tashrifi kuzatildi», - deya ma'lumot berdi Ruslanbek Davletov.

Bundan tashqari, Ruslanbek Davletov OAV vositalari xizmat mashinalari uchun ham maxsus stiker olish talab qilinishi va kechagi holatga ko‘ra, OAVlar uchun jami 128 ta stiker berilganini ma'lum qildi.

Adliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, avtotransportdan foydalanishni cheklashdan maqsad aholining uyda qolishini ta'minlashdan iborat.

«Biroq agar fuqarolar har xil yo‘llar va o‘ylab topilgan sabablar bilan yana ko‘chaga intilsa, unda karantin samarasi juda past bo‘ladi», - dedi Ruslan Davletov.

 Shuningdek, Ruslan Davletov maxsus ruxsatnomani berishda hech qanday to‘lov undirilmasligini ham ta'kidlab o‘tdi.

 Eslatib o‘tamiz,  avtotransport vositalarini boshqarish uchun beriladigan ruxsatnoma (stiker) uchun arizani masofadan turib, onlayn tarzda topshirish bo‘yicha tizim joriy etildi. Buning uchun talabgor tomonidan onlayn shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida so‘rovnoma to‘ldirilishi lozim. 

Ko‘proq yangiliklar: