Rossiyada karantin tartibini buzganlik uchun jarimalar miqdori belgilandi

Jahon 15:49 / 31.03.2020 10380

Rossiya davlat dumasi deputatlari karantin tartibini buzganlik uchun ma'muriy jazoni kuchaytirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini tasdiqladi.

Tartibni buzgan fuqarolar 15 mingdan 40 ming rublgacha jarima to‘laydi, mansabdorlar va yakka tadbirkorlar uchun jarima miqdori ancha yuqori. 

Yuridik shaxslar uchun maksimal miqdordagi jarima belgilangan - 200 mingdan 500 ming rublgacha.  

Qonunda shuningdek, jinoiy jazo ham ko‘zda tutilgan – 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Ayni paytda koronavirus sababli Rossiyaning 30ga yaqin regionida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi joriy etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: