O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash targ‘iboti doirasida bolalar uchun interfaol o‘yin yaratildi

Jamiyat 19:09 / 31.03.2020 10660

Uning aytishicha, Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov O‘zbekistonda rasmiy ma'lumotlarni tarqatayotgan ushbu kanal targ‘ibotiga katta yordam bergan.

“Koronavirus infeksiyasi O‘zbekistonda aniqlanganida, ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p feyk xabarlar tarqab ketdi. Shu sababli biz rasmiy, ishonchli xabarlar kanalini ochishga qaror qildik. Ayni vaqtda bu kanal ustida juda ko‘p odam ishlamoqda. Kanalimizni ommaviylashtirishda juda ko‘pchilik yordam berdi.

Jumladan, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov tomonidan uch kun ichida rasmiy sahifa ekanligini ko‘rsatuvchi “galochka” berildi. Bundan tashqari, messenjerdan foydalanadigan har bir vatandoshimizga telegram-sahifamiz haqida xabarnoma yuborildi.

Ko‘ryapmiz, ayrim davlatlarda  shifokorlar ishga chiqishmayapti. Lekin biznikilar hamisha koronavirusga qarshi kurashga tayyor turibdi. Bizning shifokorlar juda ko‘p ish qilishmoqda. Buni e'tirof etish darkor. Dushmanga qarshi kurash targ‘iboti hamma joyda bo‘lishi kerak. Bu butun dunyo qo‘llayotgan tajriba”, deydi Hikmatilla Po‘latov.

U shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa'dullayev g‘oyasi asosida interfaol o‘yin yaratilganini ma'lum qildi.

Po‘latovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu o‘yin uchta – o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lib, bolalarni sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishga undashga yordam beradi. Uning ta'kidlashicha, mazkur o‘yindagi qahramonlar milliy an'analarimizga mos holda tasvirlangan. O‘yin yakunida bolalarga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari eslatib o‘tiladi. 

“Mazkur g‘oya bo‘yicha YUNISEF bilan ish olib bormoqdamiz. YUNISEF vakillari ushbu g‘oya BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga taqdim etilishini, uning targ‘iboti kuchaytirilishini ma'lum qilishdi”, dedi Po‘latov.

Ko‘proq yangiliklar: