O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 158taga yetdi

O‘zbekiston 10:02 / 31.03.2020 87807

«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik holatlari soni 8taga oshib, 158 nafarni tashkil etmoqda. 
 
Ushbu infeksiya shu yilning 12 martida Turkiyada bo‘lib, kasalligi tasdiqlangan bemor bilan  yaqin muloqotda bo‘lgan 2 nafar namanganlik, ikkinchi marhum bilan yaqin muloqotda bo‘lgan asli navoiylik 2 nafar kishida, ya'ni ona va bolada, shuningdek, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4  nafar toshkentlik fuqaroda aniqlandi», deyiladi vazirlik ma'lumotida.

O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgandi. O‘tgan vaqt mobaynida bemorlarning 7 nafari sog‘aydi, 2 kishi vafot etdi. Davolanayotgan bemorlarning 20 nafarida pnevmoniya holati kuzatilmoqda. 8 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 4 nafarining ahvoli nisbatan og‘irligi ma'lum qilingan.

  • So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanishning 785,8 mingdan oshiq holati qayd etilgan, shundan 37 820 kishi vafot etgan, 165,6 mingdan ortiq kishi sog‘aygan.
Ko‘proq yangiliklar: