Koronavirus: Farzandlari bilan karantinda bo‘lgan ota-onalar uchun maslahatlar

Light 11:10 / 31.03.2020 18936

Hozir ko‘p oilalarning barcha a'zolari kunni uyda birga o‘tkazishyapti. Chunki kattalar masofadan ishlashmoqda, bolalar esa ta'limni uyda – onlayn darslar orqali olishmoqda. Bu jarayonga to‘g‘ri yondashilsa, karantin davrini nafaqat maroqli o‘tkazish, balki ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni ham yaxshilash mumkin.

Koronavirus haqidagi salbiy fikrlarni kamaytiring

Bolalarni yangiliklar va do‘stlari orqali eshitadigan hikoyalar qo‘rqitishi mumkin. Ularning barcha savollariga javob bering va bu kasallikdan qanday himoyalanishni ayting. O‘smirlar va talabalar bilan bo‘ladigan suhbat biroz murakkab kechishiga tayyor turing: ularning ko‘pchiligi darslarning bekor bo‘lishini do‘stlari bilan uchrashish imkoniyati sifatida qabul qilishlari va uchrashuvlar xavfli bo‘lsa ham uyda qolishni istamasliklari mumkin.

Oilaning barcha a'zolari uchun yoqimli bo‘lgan mashg‘ulotlarni o‘ylab toping

Odamlar ko‘pincha oilaviy mashg‘ulotlarga vaqt yetmasligi haqida nolishadi. Karantin – yoqimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uchun eng qulay payt. Bu vaqtda birgalikda shirinliklar pishirishingiz, stol o‘yinlarini o‘ynashingiz, filmlar tomosha qilishingiz mumkin.

Jadval tuzing

Uyqu, ovqatlanish, dam olish, ishlash va onlayn darslar uchun vaqt ajrating. Jadval qat'iy bo‘lishi shart emas. Biroq kech tushguniga qadar uy ishlarini bajarish kabi muayyan maqsadlarning belgilanishi ko‘ngilochar mashg‘ulotlar uchun ko‘proq vaqt ajratishga imkon beradi. Bolalarga onlayn darslarni o‘zlashtirish rejimiga o‘tish uchun maktab uchun kiyingandek kiyinish, sochlarni tarash kerak bo‘ladi.

Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning

Oilangizning barcha a'zolariga kerak bo‘lganingizda mashqlar uchun vaqt ajratish qiyin. Biroq hatto 20 daqiqalik jismoniy mashqlar ham kun davomida o‘zingizni yaxshi his etishga yordam beradi.

Ish joyini o‘zingizga moslashtiring

Agar ishlash uchun alohida xonangiz bo‘lmasa, buning uchun qulay joy ajrating. Bu yaxlit xona yoki burchakda turgan stol bo‘lishi mumkin. Bu joyni o‘zingiz uchun qulaylashtiring: u yerga yorug‘lik tushib tursin va stol ustiga o‘zingiz yoqtirgan xona guli yoki yoqimli suratni qo‘ying.

Turmush o‘rtog‘ingiz bilan vaqtni shunday taqsimlangki, ishga oid suhbatlar va elektron xatlarga javob berish imkoniyatingiz mavjud bo‘lsin. Farzandini yolg‘iz katta qilayotgan odamlar kattaroq farzandlariga yordam so‘rab murojaat etishlari mumkin. Yodingizda bo‘lsin, zaruriyat tug‘ilganida bolalarni multfilm bilan mashg‘ul qilish mumkin.

Uy ishlarini taqsimlang

Oilaning barcha a'zolari uyda bo‘lsa, taomni ko‘proq tayyorlash va xonalarni tez-tez tozalashga to‘g‘ri keladi. Barcha yumushlar bir kishining zimmasiga tushmasligi uchun uy ishlari jadvalini tuzish, ovqatni kim tayyorlashi, idishlarni kim yuvishini aniq belgilab olish mumkin. Kichik farzandlar ham yordam bera olishadi. Ular eshik tutqichlarini dezinfeksiya qiluvchi xo‘l salfetkalar bilan artishlari mumkin.

Bolalarga mumtoz asarlarni o‘qib bering

Karantin – mumtoz adabiyot namunalarini o‘qish uchun eng qulay vaqt. Bolaligingizda o‘zingiz o‘qigan kitoblarni farzandlaringizga taklif qiling. Agar bunday kitoblar uyingizda bo‘lmasa, internet do‘konlariga buyurtma bering.

Videoqo‘ng‘iroqlarni muntazam amalga oshiring

Odatda bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazish kerakligini aytamiz. Biroq hozirgi holatda do‘stlar, buvi, buvalar va boshqa qarindoshlar bilan videoqo‘ng‘iroq orqali muloqot qilish foydali bo‘ladi. Bu izolyatsiya hissini kamaytiradi.

Sayrlar uchun ham vaqt toping

Bolalar uchun uzoq vaqt davomida yopiq joyda qolish mushkul ish. Shuning uchun ularni toza havoga olib chiqish muhim. Uy vazifalarni bajarib bo‘lgach, do‘konga chiqish yoki balkonda ko‘proq vaqt o‘tkazish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: