Koreyadan kelgan 212 nafar fuqaro karantindan chiqarildi

O‘zbekiston 13:59 / 31.03.2020 16919

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati 15 mart kuni Janubiy Koreyadan uchib kelib, karantinga olingan shaxslar orasida koronavirus holati aniqlanmaganini bildirdi. 

Ma'lum qilinishicha, Transport vazirligi va vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida markazlashgan holda, fuqarolarni avtobusda manzillariga yetkazib qo‘yish ishlari tashkillashtirildi.

Toshkent shahar hokimligi koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish uchun barcha choralar ko‘rilishini ta'kidlab, aholini karantin tartibini buzmaslikka chaqirdi.

Bundan avval, Latviya va Erondan Namanganga keltirilib, karantinga olingan 212 nafar fuqaro, belgilangan muddat tugagach, o‘z yashash viloyatlariga qaytarilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: