Karantin tufayli xorijga ketolmagan 163 mingdan ortiq kishiga ish topish choralari ko‘rilmoqda - Vazirlik

O‘zbekiston 16:44 / 31.03.2020 16419

«Karantin paytida vazir va uning o‘rinbosarlari hududlarga biriktirilgan. Ular aholining ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan qatlamiga yetkazilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari manzilli yetkazilishi, shuningdek, bozorlardagi narx-navo ustidan nazorat funksiyasini bajarishyapti.

Xorijda ishlab O‘zbekistonga qaytgan fuqarolarga karantin davrida alohida e'tibor qaratish vazifasi yuklandi. Vazirlikda xorijda vaqtinchalik mehnat qilib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolarning ro‘yxati shakllantirilgan. Ularning mutaxassisligi, xorijda orttirgan ish tajribasi, malakasidan kelib chiqib shu yerda ishga joylashtirish ishlari amalga oshirilyapti.

Ayni vaqtda karantin tufayli xorijga ketolmagan 163 ming 396 nafari bilan manzilli ish olib borilyapti. Karantindan keyin ularni ish bilan ta'minlash uchun tegishli choralar ko‘riladi», deya Boymirzayevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: