«Har qanday vaziyatda ham tibbiyot xodimlarining kasallanish ehtimoli saqlanib qoladi» – Nurmat Otabekov

Jamiyat 20:42 / 31.03.2020 4369

«Koronavirus infeksiyasi – shifoxona sharoitida yuqishi mumkin bo‘lgan kasallik. Ko‘p davlatlarda mazkur kasallikning shifoxona sharoitida yuqqanini tasdiqlovchi holat bor. Demak, bunday joyda ishlamoqchi bo‘lgan tibbiyot xodimlari har biri o‘zini kasallikdan himoya qilishga erishishlari shart. Qachonki, dezinfeksion va epidemiyaga qarshi barcha ko‘rsatmalar bajarilsa, shifoxona ichidagi shifoxona ichida kasallanib qolishning oldini olish uchun infeksion nazorat komissiyalari jiddiy ishlaydigan bo‘lsa, bu kabi kasallanishlar oldi olinadi. Lekin har qanday vaziyatda ham tibbiyot xodimlarining kasallanish ehtimoli saqlanib qoladi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mutaxassis Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida xorijdan charter reyslar orqali olib kelinayotgan fuqarolarni karantinda saqlash, koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarni davolash uchun qurilayotgan maxsus shifoxonalarga kimlar ishga taklif etilayotganiga ham oydinlik kiritdi.

«Yangi tashkil etilayotgan shifoxonalarda ishlash uchun asosan yuqumli kasalliklar shifokorlari, virusolog, pulmonolog, reanimatolog, pediatr kabi mutaxassislar va o‘rta tibbiyot xodimlari taklif etilyapti.

Deylik, karantin davrida kimgadir tug‘ruq borasida yordam kerak bo‘lib qolar, kimdir birorta jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lib qolishi mumkin. Bunday holatda boshqa soha mutaxassislari ham maxsus shifoxonalarga jalb qilinishi mumkin. Shuning uchun karantindagilarning barcha turdagi tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishimiz kerak bo‘ladi», deydi Nurmat Otabekov.

Ko‘proq yangiliklar: