Istanbuldan qaytgan 13 nafar, BAAdan 7 nafar, Bolgariyadan 1 nafar, Rossiya Federatsiyasidan 1 nafar, Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan 1 nafar fuqaro va ularning yaqin 12 nafar qarindoshlari Oltinko‘l tumanidagi yuqumli kasalliklar bo‘limida karantin kuzatuviga olingan edi.
14 kunlik karantindan so‘ng, ulardan olingan tahlil natijalariga ko‘ra, 35 nafar fuqaroning hech birida kasallik alomatlari topilmadi.
Ular uy sharoitida yana 10 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, bugun Namangan va Toshkentda ham 212 nafardan shaxsga karantindan uyiga javob berilgani ma'lum bo‘lgan edi.