“Dubay Ekspo 2020” ko‘rgazmasini bir yilga surish taklif qilindi

Jahon 07:35 / 31.03.2020 8354

Bu masala ishtirokchi davlatlar va ko‘rgazma boshqaruv qo‘mitasi vakillari uchrashuvida muhokama qilingan. 

Qo‘mita bu masalani ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan, biroq ko‘rgazmaning muddatlarini ko‘chirish bo‘yicha yakuniy qarorni ovoz berish asosida Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi bosh assambleyasi qabul qilishi kerakligini aytgan.

Bir necha kun avval “Dubay Ekspo 2020” ofisi xodimlaridan birida koronavirus aniqlanib, u karantinga olingan.

Bungacha ko‘rgazma Dubayda 2020 yil oktyabrda ochilib, 2021 yil aprelgacha davom etishi rejalashtirilayotgandi. Ko‘rgazma 11 mln kishini jalb qilishi kutilmoqda. 

1928 yilda tashkil etilgan Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi ko‘rgazmalar taqvimini tuzadi, ko‘rgazmalar tanlovi va ularni tashkillashtirishni o‘tkazadi, ko‘rgazmalar tashkilotchilari o‘rtasidagi hamkorlikning eng yaxshi sharoitlarini yaratish uchun huquqiy me'yorlar o‘rnatadi.   

Ko‘proq yangiliklar: