Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 20 mln dollar ajratdi
Rossiyalik milliarder, kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan taniqli tadbirkor Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash doirasidagi tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 million dollar ajratdi.

«O‘zbekiston 24» telekanalida xabar qilinishicha, ushbu mablag‘ Toshkent viloyati Zangiota tumanida koronavirus tufayli O‘zbekistonga olib kelingan vatandoshlarni karantinga olish uchun zarur bo‘ladigan shifoxonalar jihozlanishi uchun sarflanadi.
«Taniqli tadbirkor, metsenat Alisher Usmonov ham davlatimiz rahbarining sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga o‘z hisobidan xayriya mablag‘lari o‘tkazayotgan saxiy yurtdoshlarimiz qatorida shu kunlarda jadallik bilan bunyod etilayotgan mazkur kasalxona qurilishiga baholiqudrat o‘z hissasini qo‘shish niyatida ushbu shifoxonani eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun 20 million dollar miqdorida mablag‘ni ajratdi.
Bu mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etildi va xalqimiz salomatligini muhofaza qilish va tiklash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan bunyod etilayotgan mazkur kasalxonani zarur tibbiy uskunalar bilan ta'minlashga yo‘naltiriladi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, milliarder Alisher Usmonov ayni vaqtda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi, u koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentda izolyatsiyada yashashga qaror qildi.
Ayni vaqtda Zangiota tumanida 27 gektar maydonda 10 ming bemorni yoki karantinga olinadiganlarni bag‘riga sig‘dira oladigan maxsus joylar barpo etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025