1 apreldan bog‘cha bolalari uchun televizion mashg‘ulotlar boshlanadi (jadval)

O‘zbekiston 17:22 / 31.03.2020 47604

Maktabgacha yoshdagi bolalarni karantin vaqtida masofada o‘qitish tizimini ishlab chiqildi.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Milliy teleradiokompaniyasi yordamida ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvchi ta'lim berishda uslubiy yordam sifatida «Onlayn bolalar bog‘chasi» dasturini ishlab chiqdi. U o‘z ichiga quyidagi ta'lim loyihalarini qamrab oladi:

  • «Ilk qadam» — 3-5 yoshdagi bolalar uchun;
  •  «Aqlvoy» — 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlash uchun.

Loyihalar nimalarga bag‘ishlangan?

20-25 daqiqalik ushbu videolavhalar «Ilk qadam» va «Aqlvoy» davlat dasturlari negizida tayyorlangan. Har bir mashg‘ulot mavzusi maktabgacha yoshdagi bolani rivojlantirishning 4-5 soha: atrof olamni o‘rganish, ijodiy va ta'lim olish, nutq va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishni qamrab oladi:

«Ilk qadam» - bu:

  •  quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya;
  •  interfaol o‘yin shaklidagi ingliz tili mashg‘uloti;
  •  mental arifmetika va matematik hisob asoslari;
  •  yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaharlari haqida ko‘rsatuvlar to‘plami);
  •  mitti yordamchi (oshxona taomlari tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari);
  •  logoped bilan mashg‘ulot.

«Aqlvoy» — bu:

  •  MTT pedagoglari va milliy qahramonlar (Amir Temur, Zulfiya, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Tamaraxonim) ishtirokidagi bolalar ta'lim ko‘rsatuvlari;
  •  mahorat sinflari;
  •  uy sharoitlarida amaliy tajribalar.

Mashg‘ulotlarni qayerda tomosha qilish mumkin?

1 apreldan boshlab «Bolajon» telekanalida dushanbadan jumagacha soat 08:00 dan efirga uzatiladi.

Onlayn-mashg‘ulotlar quyidagi internet-resurslarda joylashtiriladi:

Ko‘proq yangiliklar: