Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari AQSh va Yevropadagi korxonalari ishini to‘xtamoqda

Jahon 14:10 / 30.03.2020 3914

Bu haqda Yaponiyaning xorijda zavodlarga ega bo‘lgan 100 ta yirik korporatsiyasi rahbariyati bilan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra Nikkei nashri xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yapon kompaniyalari AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi ishlab chiqarish quvvatlarining mos ravishda 49 va 58 foizini to‘liq yoki qisman to‘xtatgan. Misol uchun, Yaponiyaning yetakchi Toyota Motor kompaniyasi Yevropa va Shimoliy Amerikadagi 14 ta davlatda, jumladan Turkiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Polsha, Chexiya, Fransiya, Rossiya va AQShdagi 18 ta zavodida, Honda Motor esa Shimoliy Amerikadagi 18 ta obektida ishlab chiqarishni to‘xtatgan. 

Jumladan, Toyota Yevropa davlatlaridagi korxonalarini kamida 20 aprelgacha to‘xtatgan. Ayni vaqtda kompaniyaning Yevropa mintaqasiga tegishli barcha zavodlari to‘xtagan. Kompaniya 2019 yilda Yevropada 780 mingtaga yaqin avtomobil ishlab chiqargan. 

Bu orada yapon kompaniyalarining Xitoydagi 80 foiz korxonalari o‘z ishini tiklagan. Biroq ta'kidlash joiz, ularning aksariyatida ish hali to‘liq bormayapti.

Ko‘proq yangiliklar: