Yaponiyada mamlakatga qator davlatlar fuqarolarining kirishi taqiqlanishi mumkin

Jahon 14:54 / 30.03.2020 5560

Yaponiya hukumati mamlakatga tashqaridan koronavirus kirib kelishining oldini olishga qaratilgan choralarni kuchaytirmoqchi. Bu haqda Asahi gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, yangi cheklovlarga muvofiq, AQSh, Yevropa davlatlari, Xitoy, Janubiy Koreya fuqarolariga Yaponiyaga kirish taqiqlanishi mumkin. 

Taqiq shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikaning ayrim davlatlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin, deb yozadi gazeta.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 2 578 ta holat qayd etilgan, 65 kishi vafot etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: