Tramp AQShda koronavirus epidemiyasi eng yuqori darajaga qachon chiqishi mumkinligini aytdi

Jahon 08:03 / 30.03.2020 47775

“Agar biz o‘limlar sonini 100-200 minggacha kamaytira olsak, demak biz yaxshi ishlagan bo‘lamiz”, deb aytgan Tramp va ba'zi prognozlarga ko‘ra o‘limlar soni 2,2 mlngacha yetishi mumkinligini eslatib qo‘ygan. 

Oq uy rahbari AQShda koronavirusdan o‘lim eng yuqori darajaga ikki hafta ichida yetishini, mamlakat pandemiyadan keyin 1 iyundan tiklana boshlashini kutayotganini aytgan.

Tramp, shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi choralarni 30 aprelgacha uzaytirishga qaror qilgan.

AQSh prezidentining ta'kidlashicha, AQShda koronavirusdan o‘lim holatlari 12 apreldan keyin kamaya boshlashi kerak.

Prezident barcha amerikaliklarning shifokorlar tavsiyalariga amal qilishlari muhimligini ta'kidlab o‘tgan.

“G‘olib bo‘lishdan oldin o‘zini g‘olib deb e'lon qilishdan yomonrog‘i yo‘q”, deb aytgan Tramp.
 
Ayni vaqtda AQSh kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi. Mamlakatda koronavirusdan kasallanganlar soni 142 ming nafarni, vafot etganlar soni deyarli 2,5 ming nafarni tashkil qilmoqda.   

Ko‘proq yangiliklar: