Tokio Olimpiadasi o‘tkaziladigan yangi sana ma'lum qilindi 

Sport 20:21 / 30.03.2020 11376

O‘yinlar 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda XOQ saytida ma'lum qilingan.

Paralimpiada esa 2021 yil 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.

“Bu yangi sana musobaqalarni tashkillashtirishda ishtirok etuvchi barchaga koronavirus pandemiyasi va uning oqibatlari ortida O‘yinlarga tayyorlanishga yetarli vaqt beradi”, deb aytilgan xabarda.

24 mart kuni Tokio Olimpiadasi koronavirus pandemiyasi sababli bir yilga qoldirilgani e'lon qilingandi. 

Dastlabki rejaga ko‘ra, Olimpiada 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Ko‘proq yangiliklar: