Stikersiz avtomobil harakati cheklovi tumanlarga ham tatbiq etiladimi?

O‘zbekiston 16:00 / 30.03.2020 50128

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, avtomobil harakati cheklovi yuzasidan hukumat maxsus komissiyasi qarori mavjud. Agar o‘rnatilgan tartibga rioya qilmagan huquqbuzar aniqlansa, javobgarlikka tortiladi.

«O‘ta zarur hollarda, masalan, shifoxonaga borish va kelishda yo‘l patrul xodimlariga bosiqlik bilan vaziyatni tushuntirish lozim. Ammo istisno hollarini suiiste'mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi», - deydi G‘iyosov.

Kun.uzʼga ma'lum bo‘lishicha, viloyat markazlaridan tashqari, boshqa tumanlarda ushbu cheklov amal qilmaydi. Ammo avtomobillar bemaqsad jamoat joyida harakatlanishi, qolaversa, yo‘lovchi tashiga holatlari aniqlansa, jarimaga tortiladi.

Ko‘proq yangiliklar: