Shimoliy Amerikadagi neft zavodi talab keskin kamayganligi sababli yopildi

Jahon 15:22 / 30.03.2020 4380

Talabning keskin tushib ketishi natijasida Shimoliy Amerikada dastlabki neftni qayta ishlash zavodi yopildi. Zavod iqtisodiy vaziyatga qarab ikki oydan olti oygacha ishlamasligi mumkin, deb yozadi Bloomberg.

Zavod Kanadaning Nyufaundlend provinsiyasida joylashgan bo‘lib, u kuniga 130 ming barrel neftni qayta ishlab chiqarish quvvatiga ega.  

Boshqa korxonalar ishni to‘liq to‘xtatgani haqida hozircha ma'lum qilmadi, ammo parvozlar soni qisqarishi ortidan benzin va aviakerosinga bo‘lgan talabning tushib ketishi sababli ishlab chiqarish quvvatini pasaytirmoqda.

AQSh hukumatining ma'lumot berishicha, 16 martdan 22 martgacha bo‘lgan muddat ichida neft mahsulotlari yetkazib berish hajmi sutkasiga ikki million barrelga qisqargan.  

30 mart kuni WTI neftining bir barreli narxi 20 dollarni tashkil etdi. Bozor ishtirokchilarining qayd etishlaricha, shartnomalar aslida 10-15 dollar atrofidagi narxda tuzilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: